Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Kun kulgisi!.. (24-qism)

Kun kulgisi!.. (24-qism)

— Oshna, odam ham shunaqa beparvo bo‘ladimi?

— Nima qilibman?

— Sharmanda bo‘lding-ku!

— Qanaqasiga?

— Kecha xotinim seni Tojinisa qo‘shmachinikida ko‘rib qolibdi.

* * *

Vrach:

— Burningizni kichraytirish ming dollar turadi.

— Do‘xtir, arzonroq yo‘li yo‘qmikan?

— Bor, buning uchun siz katta tezlikda simyog‘ochga borib urilishingiz kerak bo‘ladi.

* * *

Eshik taqilladi. Ichkaridan go‘zal bir qiz chiqdi. Qarasa, ostonada soqollari o‘siq bir erkak bir dasta atirgul ko‘tarib turibdi. Qiz mamnun jilmayib dedi:

— Voy, atirgullar mengami? Ishonsangiz, men atirgullar va soqoli o‘siq erkaklarni juda yaxshi ko‘raman!

Erkak qovog‘ini uyib do‘qlagan bo‘ldi:

— Otangni chaqir, otangni!

Kiritildi: 12:00 29.10.2020. O'qildi: 2644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!