Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Kulgi oshxonasi

Kulgi oshxonasi

Erkak ko‘chada tanishini ko‘rib qolib, dedi:

— Meni kechir, do‘stim!

— Nega?

— Xotinim yangi norkali palto sotib oldi.

— IYE, unda nega mendan kechirim so‘rayapsan?

— Ertaga sizlarnikiga borib xotiningga paltosini ko‘z-ko‘z qilmoqchi.

 

***

— Dadasi, manavi eski paltomning tugmalari to‘kilib bo‘ldi. Ko‘chaga kiyib chiqishga nomus qilayapman.

— Mayli, ertaga olib beraman.

— Voy, yangi paltomi?

— Yo‘q, tugma.

 

***

— Dugonajon, eringni erta uyga qaytishga qanday o‘rgatding?

— Bu juda oddiy. Bir kuni yarim tunda uyga kirib kelgandi, yotgan yerimda: “Eshmat aka, sizmisiz?” deb baqirdim.

— U-chi? U nima dedi?

— Nima derdi? Ismi Toshmat-ku! Shundan beri uyga erta  keladigan bo‘ldi.

 

***

— Mahkamjon, bir savolimga javob ber. Sen qonuniy nikoh tufayli tug‘ilganmisan?

— Yo‘q, chala.

— Buni qanday tushunish kerak?

— Dadam uylangan edi, oyim esa yo‘q.

 

***

— Ishonasanmi, xotinim meni tashlab ketdi.

— E, shungayam qayg‘urib o‘tiribsanmi? Bir shisha aroq ol-da, tashvishlar ummoniga sho‘ng‘ib ket!

— Iloji yo‘q.

— Nega? Puling yo‘qmi?

— Pul bor, ammo tashvishlar ummoni yo‘q.

 

***

Tun. Milisioner bir erkakni to‘xtatib so‘radi:

— Qayerga ketayapsan?

— Aql va zakovat haqida leksiya tinglashga ketayapman.

— Bu ertagingni boshqaga ayt. Yarim tunda kim senga leksiya o‘qiyman deb qarab turibdi ekan?

— Xotinim.

 

***

Xotin gazeta o‘qib turib kutilmaganda eriga yuzlanib dedi:

— Qarang, bir boy odam yigirma yil avval o‘ziga turmushga chiqishni xohlamagan ayolga ellik ming yevro hadya qilib yuboribdi.

— Oh, mana buni minnatdorchilik desa bo‘ladi!

 

***

Chukcha uyga kirib kela boshlagan mehmonga dedi:

— Ts-s!.. Oyimning yaqindagina ko‘zi yoridi. Hozir dam olayapti. Bezovta qilmang!

— IYE, otang ikki yildan beri safarda-ku!

— Nima qipti? Har kuni xat yozishni kanda qilgani yo‘q.

 

***

 

Kiritildi: 22:35 25.06.2020. O'qildi: 3105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!