Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Kulgi mehmonxonasi

Kulgi mehmonxonasi

***

Nashavand ko‘p qavatli uyning uchinchi qavat derazasida o‘tirib kayf surardi. Kutilmaganda pastga qulab tushdi. Atrofiga tumonot odam to‘plandi. Shunda qayerdandir boshqa bir nashavand paydo bo‘ldi-da, unga yaqin kelib so‘radi:

— Nima bo‘layapti o‘zi bu yerda?

— Bilmadim, men ham hozirgina tushdim.

 

***

Piyonista g‘irt mast holda o‘tirib pista chaqardi. To‘satdan qo‘lidan bir dona pista yerga tushib ketdi.

Piyonista:

— Qani, tez buyoqqa kel!

Pista yotaverdi.

— Kel dedim tez!

Javob bo‘lmagach, qo‘lidagi bir hovuch pistalarni yerga tashladi-da, dedi:

— Qani, anavi quloqsizni tez buyoqqa olib kelinglar-chi!

 

***

Nashavand ko‘zguga tikilib o‘ziga o‘zi dedi:

— Bu yerda men!.. Bu yerda ham men!

Shu payt eshik taqilladi.

Nashavand:

— Kim u?

Tashqaridan ovoz keldi:

— Men!

—IYE, uyoqdayam men ekanman!

 

***

— Eshitdingmi, Toshmat chekishni tashlabdi!

— Yo‘g‘-e, ishonmayman!

— Ishonaver, oxirgi sigaretini yoqilg‘i quyish shohobchasida chekib tashlaganmish.

 

***

Nashavand svetoforning qizil chirog‘idan o‘tmoqchi bo‘lgandi, milisioner uni to‘xtatib dedi:

— Qayerga ketayapsan? Ko‘rmayapsanmi, qizil chiroq yonib turibdi?!.

Nashavand:

— Unda o‘chirib qo‘y!

 

***

Tajribali va endigina o‘rgangan nashavandlar qoradori tayyorlashardi. Endigina o‘rgangani dedi:

— Mabodo mana shuning hammasini yeb tashlasam, nima bo‘ladi?

— Burning qonaydi.

— Nega?

— Chunki, mana shu tovoq bilan burningni sindiraman.

 

***

Milisioner hayvonot bog‘ida yursa, nashavand kayf qilib yuribdi. Shartta qo‘liga kishan solib bo‘limga olib ketishga chog‘landi.

Nashavand:

— Qaysi gunohim uchun meni olib ketmoqchisiz?

— Sen nasha chekib olgansan.

— Chekkanim yo‘q. Ishonmasangiz, tekshirib ko‘ring!

Milisioner uni quyon yotgan qafasga olib kelib so‘radi:

— Nima yotibdi?

— Quyon.

Milisioner kenguru yotgan qafasga olib borib so‘radi:

— Xo‘sh, bu yerda-chi?

— Bu yerdayam quyon.

— Qanaqa quyon, ahmoq?

— Qirq, ellik yoshlardagi quyon.

 

***

Ikki nashavand urushga ketishdi. Okop ichida yotaverib zerikishgach, biri oh tortib dedi:

— Chekishgayam imkon berishmaydi-ya! Hech bo‘lmasa, kontuziya bo‘lsak ham bir kayf qilib olarmidik...

 

***

Uchuvchi, tankchi va desantchi kimning kasbi zo‘rligi xususida bahslashishayapti.

Uchuvchi:

— Men samolyotimda aerodromga kelib qo‘nsam, xotinim uyda o‘tirib eshitadi. Uyga kelaman. Tushlik tayyor. Ovqatlanaman-u, ishga qaytaman.

Tankchi:

— Men ham shaharga tankimda kirib kelganimni xotinim eshitadi. Kelsam, stol tuzalgan, aroq tayyor. Yeb, ichib, ishga qaytaman.

Desantchi:

— Men parashyutdan uyimiz tomiga sakrayman va derazadan  ichkariga kiraman... Hali biror yaramas qo‘limdan sog‘ qutulib ketmagan.

 

 

Kiritildi: 18:49 28.06.2020. O'qildi: 3603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!