O‘tgan yili Ko‘kdala tumanining Xo‘jaobod qishlog‘ida Soliq qo‘mitasi homiyligida 240 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi foydalanishga topshirilgan edi.
Tumandagi kattayu kichikni xursand qilgan ushbu inshoot qatoriga yana bir yangi obekt – soliq inspeksiyasi binosi ham qo‘shildi.
Shu munosabat bilan, soliq inspeksiyasining yangi binosida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.
Unda Qashqadaryo viloyati hokimligi va hududiy soliq xizmati organlari mas’ullari ishtirok etdi.
Soliq to‘lovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan yangi binoda soliq inspeksiyasining 30 nafar malakali xodimlari xizmat ko‘rsatmoqda.
So‘nggi yillarda soliq idoralari “Soliqchi ko‘makchi” tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Yangi binoda xizmat ko‘rsatish sifati oshib, soliq to‘lovchi va soliq organlarining o‘zaro ishonch ustiga qurilgan hamkorligi yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.