Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Kosonda o‘quvchi qiz bosimlarga chidolmay o‘z joniga qasd qildimi?

Kosonda o‘quvchi qiz bosimlarga chidolmay o‘z joniga qasd qildimi?

Telegram’dagi «@Bugunuz — Rasmiy kanal» kanalida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida o‘quvchi qiz bosimlarga chidolmay o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan. Qashqadaryo viloyati IIB mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Xabar berilishicha, Koson tumani 6-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchisi N.B. 4 dekabr, chorshanba kuni ona tili fani dars vaqtida oshqozoni og‘riyotgani haqida o‘qituvchisi T.SH.ga aytgan. Shundan so‘ng maktab hamshirasi D.T. o‘quvchi N.B.ni ko‘rikdan o‘tkazgan va undan nima holat bo‘lgani haqida so‘ragan. N.B. onasi iste’mol qilib yuradigan doridan ichganligini bildirgan.

Shundan so‘ng maktab ma’muriyati tomonidan Koson tumani tez-tibbiy yordam bo‘limi shifokorlari chaqirilgan. Tez-tibbiy yordam shifokori B.A. o‘quvchi N.B.ni ko‘zdan kechirib, unda zaharlanish alomatlari yo‘qligini bildirgan.

Koson tumani tibbiyot birlashmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, N.B. Koson tuman tez-tibbiy qabul bo‘limida ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtda uning hushi o‘zidaligi, berilgan savollarga aniq javob berishi, bemor ko‘rik vaqtida tibbiy yordamga muhtoj emasligi qayd etilib, unga kuzatuv va ambulator sharoitda davolanish maslahati berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani prokuraturasi tomonidan N.B.ning o‘z joniga suiqasd qilmoqchi bo‘lgani holati bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 06:29 07.12.2019. O'qildi: 3306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!