Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov qanday avtomashinadan foydalanishini aytdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov qanday avtomashinadan foydalanishini aytdi

Sevimli telekanalida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov bilan davlat byudjetidan qimmat avtomashinalar sotib olinishi mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi.

Unda Akmal Burxonov so‘nggi vaqtlarda turli tashkilot va idoralar tomonidan sotib olinayotgan qimmatbaho avtomashinalar haqida fikr bildirar ekan, ayni pandemiya sharoitida buni cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanayotgani haqida gapirdi. 

"Afsuski, amaldorlar xizmat avtomobillaridan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlari — o‘g‘lini, farzandini maktabga olib borish, bozordan xarid qilish uchun foydalanish holatlarini ko‘p ko‘ramiz. "Bu mening avtomobilim", degan tushuncha oddiy hol bo‘lib qolgan" — deya o‘z mulohazalarini bildirgan agentlik rahbari.

Shuningdek, "Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov qanday avtomobildan foydalanadi?" degan savolga "Men hukumat tomonidan taqdim etilgan navbatchi mashinadan foydalanaman. Aynan agentlik uchun xizmat avtomashinasi sotib olinmagan", - deya javob qildi u. 

Kiritildi: 07:10 26.11.2020. O'qildi: 6654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!