Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusning zaiflashib borayotgani rostmi?

Koronavirusning zaiflashib borayotgani rostmi?

Koronavirus o‘zgargani yo‘q, kasallik xuddi avvalgidek jiddiy, deb aytgan RIA Novostiga bergan intervyusida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich.

"Ko‘pchilik bugun virus o‘z kuchini yo‘qotgani haqida gapirmoqda, lekin bu unday emas. Virus o‘zgargani yo‘q. Uning ta’sirchanligi avvalgidek, kasallik jiddiyligi ham avvalgidek", - degan Vuynovich.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, virusning genetik xilma-xilligi mavjud, ammo bu hech qanday ma’no kasb etmaydi, chunki virusni harakatini o‘zgartiradigan genlar o‘zgarishsiz qolgan.

"Virusning o‘zini tutishi – bu epidemiyaning bir elementidir, ikkinchi elementi – bu odamlarning o‘zini tutishi, chunki virus odamdan odamga o‘tadi. Agar u oqar suvlarda yoki boshqa joyda qolib ketsa - bu muhim emas, sababi, asosiy tarqalish odamdan odamga o‘tish orqali yuz beradi. Agar biz hozirda biz ushbu jarayonlarni sekinlashtirsak, uni erta bosqichda to‘xtata olsak, albatta, u holda kasallik o‘choqlari kattalashib ketmaydi, shunchaki kichik klasterlar mavjud bo‘ladi, ikkinchi to‘lqingacha yetib bormaymiz", - deb hisoblaydi BSST vakili.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qildi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 11,8 milliondan ortiq bemorlanish holatlari qayd etilgan, 545 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

 

Kiritildi: 14:10 10.07.2020. O'qildi: 8715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!