Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

koronavirusning kuchi qachon pasayishi ma’lum bo‘ldi

koronavirusning kuchi qachon pasayishi ma’lum bo‘ldi

Koronavirusning tajovuzkorligi kamida bir yildan keyin pasayadi, demoqda virusolog olim, tibbiyot fanlari doktori Anatoliy Altshteyn. Bu haqda “Komsomolskaya pravda”daga tayanib Zamon.uz internet nashri xabar qildi.

“Balki bu davr bir yildan uch yilgacha cho‘zilar. Undan ko‘proq ham bo‘lishi mumkin. SARS-CoV-2 ana shunday virus”, deydi professor.

Olim virus odamdan odamga o‘tgani sari moslashib, o‘z tashuvchisini o‘ldirmaslikka o‘rganishini aytdi. Altshteynning aniqlik kiritishicha, koronavirusga og‘ir kasallik chaqirish foydali emas, chunki inson boshqalar bilan muloqot qilmay qo‘ysa, infeksiya boshqalarga o‘tolmay qoladi.

“Koronaviruslar organizmga nisbatan yengil munosabatda bo‘lishga moslashgan, ya’ni uning imkoniyatlaridan foydalanadi, ko‘payadi, kuchli zarar yetkazmasdan uning hisobiga yashaydi”, deya qo‘shimcha qildi olim.

U yangi virus ana shu yo‘ldan ketishiga umid qilarkan, SARS-CoV-2 boshqa koronaviruslardan yuqori darajadagi yuqumliligi bilan farq qilishini qayd etib o‘tdi.

Kiritildi: 03:30 06.07.2020. O'qildi: 14332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!