Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Koronavirusning inkubasiya davri 14 kundan oshishi mumkinligi aniqlandi

Koronavirusning inkubasiya davri 14 kundan oshishi mumkinligi aniqlandi

Amerikalik tadqiqotchilar 1 foiz holatda koronavirusning inkubasiya davri 14 kundan oshishi mumkinligi aniqlashdi.

University of  Massachusetts va Johns Hopkins Bloomberg School of Public Health tadqiqotchilari hamkorligida COVID-19 koronavirusining inkubasiya davri bo‘yicha izlanish o‘tkazildi.

Uning natijalariga ko‘ra, sinovlarda ishtirok etgan bemorlarning 97 foizida koronavirusning inkubasiya davri davomiyligi o‘rtacha 11,5 kunni tashkil qilgan. Ularda kasallik alomatlari 8,2 – 15,6 kunda namoyon bo‘lgan.

Tadqiqotchilar 181 odamni koronavirusni yuqtirib olishidan boshlab, to dastlabki alomatlar paydo bo‘lgunga qadar kuzatib, qattiq nazorat qilishgan. Natijalar 10 ming odamdan 101 nafarida kasalik alomatlari karantin davri tugagandan keyin ham paydo bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich umumiy hisobda 1 foizni tashkil qiladi.

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bu ko‘rsatkichlar vaqtincha karantinga olish davrining uzunligi masalasini qayta ko‘rib chiqish haqida o‘ylashga asos bo‘la oladi.

Kiritildi: 20:15 01.04.2020. O'qildi: 2839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!