Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Koronavirusni yuqtirgan ahvoli og‘ir bemorlarda “dahshatli holat”lar kuzatilmoqda

Koronavirusni yuqtirgan ahvoli og‘ir bemorlarda “dahshatli holat”lar kuzatilmoqda

Amerikalik shifokorlar ba’zi og‘ir bemorlarda miyaning ishdan chiqishi, xotira chalkashligi, insult va tutqanoq kabi holatlarni qayd etishdi, deb yozadi “New York Times”. 

Eng yomoni, ushbu kuzatishni boshqa mamlakatlardagi shifokorlar ham tasdiqlashdi.

Infeksiyalangan odamlar nafas qisilishi, yo‘tal va isitma bilan og‘rishadi,  va bu miyaga yetarlicha havo yetib bormasligiga ta’sir qiladi. Ayniqsa, koronavirus og‘ir kechayotgan bemorlarda miyaning ishdan chiqishi kuzatiladi. Aynan shu ta’m va hid bilishning pasayishiga olib keladi, yurak muammolari kuzatiladi.

Bunday xulosalar birinchi marta virus tarqalgan Uxandagi shifokorlar tomonidan ham qayd etilgan edi.

Amerikalik nevrolog Eliss Forining so‘zlariga ko‘ra, kamdan-kam hollarda virus miyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib borishi mumkin. Bu masalada amerikalik mutaxassislarning kuzatuvlari italiyalik shifokorlarning xulosalari bilan bir xil. Ularning barchasi qon tomirlari, konvulsiyalar, ensefalopatik alomatlar, qo‘llar va oyoqlarning insonga bo‘ysunmasligi kabi yangi va xavfli alomatlarni qayd etishdi.

Breshiada (Italiya)gi kasalxonada hatto “NeuroCovid” bo‘limi ochildi. U yerda nevrologiya muammolari bo‘lgan odamlarni davolashadi. Ammo, shifokorlarning ta’kidlashicha, koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning aksariyatida bunday muammolar bo‘lmaydi.

Biroq, nevrolog Robert Stivensonning kuzatuvlari shuni ko‘rsatdiki, yakuniy xulosa uchun dalillar juda kam. Ushbu alomatlar qondagi kislorodning past darajasini ko‘rsatishi ham mumkin ekan.

 

 

 

 

Kiritildi: 10:36 04.04.2020. O'qildi: 8487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!