Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusni tarqatgan ayol: "Meni o‘ldiring, lekin oilamga tegmang, iltimos" (VIDEO)

Koronavirusni tarqatgan ayol: "Meni o‘ldiring, lekin oilamga tegmang, iltimos" (VIDEO)

Ukrainaning Chernigov viloyatida yashovchi ayol qishloqdoshlariga videomurojaat yozib, unda ular orasida koronavirus tarqalishida aybiga iqror bo‘lib, ko‘z yoshlar bilan kechirim so‘radi. Ushbu video YouTube tarmog‘ida paydo bo‘ldi. Bu haqda "sof.uz" yozmoqda.

"Obozrevatel" portaliga ko‘ra, epidemiya avj olgan paytda ayol Italiyadan qaytib kelgan, ammo u o‘zini izolyasiya qilish choralariga rioya qilmagan va turli tadbirlarda faol ishtirok etgan. Natijada u bolalari va nevaralariga, shuningdek, ko‘plab qishloqdoshlariga koronavirusni yuqtirdi.

"Eshitishimcha, siz mening uyimni yoqib yubormoqchi ekansiz, bolalarim va nevaralarimga tajovuz qilib jismoniy kuch ishlatmoqchisiz. Men bugun davolanib keldim, bolalarim ham davolandi, ularni o‘ldirmang. Agar xohlasangiz, meni o‘ldiring, yo‘q qiling, lekin oilamga tegmang, iltimos. Sizlardan kechirim so‘rayman", deydi videoda ayol ko‘z yosh to‘kkan holda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u va uning oila a’zolari oziq-ovqat sotib olish uchun uydan chiqolmaydi, hozirda ular qolgan mahsulotlarni va makaron iste’mol qilishmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada koronavirus infeksiyasining 475 holati qayd yetilgan, ularning 59 tasi Chernigov viloyatida. Mamlakatda infeksiyaning o‘nta holati halokatli bo‘lgan.

Kiritildi: 11:01 30.03.2020. O'qildi: 35567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!