Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirusni davolashning mutlaqo yangi usuli topildi

Koronavirusni davolashning mutlaqo yangi usuli topildi

Melburn qirollik texnologiya instituti boshchiligidagi xalqaro olimlar jamoasi turli xil infeksiyalarni, shu jumladan, COVID-19ni davolashning yangi usulini topdilar. Tadqiqotchilarning maqolasi Nature Communications jurnalida e’lon qilindi.

Mutaxassislar bezgakni keltirib chiqaradigan parazitlar qizil qon tanachalarida proteinkinaz fermentlarining faolligiga bog‘liq ekanligini isbotladilar. Shuningdek, ular saraton kasalligiga qarshi kurashish va proteinkinaz fermentlarini faollashtirmaslikka mo‘ljallangan dorilar parazitlarni o‘ldirishda juda samarali ekanligini aniqladilar. Bu virusga qarshi muolaja narxini pasaytiradi va bezgak hamda boshqa (COVID-19 va gepatit) virusli kasalliklarni yo‘q qila oladigan dorilarning yaratilishini tezlashtiradi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, qo‘zg‘atuvchining o‘zini emas, balki organizmning molekulalarini "nishonga oluvchi" dorilar virus qo‘zg‘atuvchisini yo‘q qiladi.

Kiritildi: 17:43 11.08.2020. O'qildi: 11102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!