Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Koronavirusga qarshi vaksinasiyadan keyin bepushtlik ehtimoli bormi?

Koronavirusga qarshi vaksinasiyadan keyin bepushtlik ehtimoli bormi?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi Nasiba Toirovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda "ZF-UZ-VAC2001" vaksinasining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish yoki ommaviy emlash jarayonida homilador bo‘lib qolgan ayollar ham bor.
Vaksina homilador bo‘lishga hech qanday monelik qilmaydi.Vaksinasiyadan keyin organizmda "Covid-19"ga qarshi antitanachalar paydo bo‘lishi uchun vaqt kerak. Avval koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanib, keyin tug‘ilajak bola va bo‘lajak ona hayotini xavfga qo‘ymasdan homiladorlikni rejalashtirish maqsadga muvofiq.

⠀Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning homilador ayollarga ta’sir darajasi o‘rganilmoqda va tadqiqotlar davom etmoqda. Shu sababli emlangandan so‘ng 3-6 oy o‘tgach, ginekolog shifokor bilan maslahatlashgan holda homiladorlikni rejalashtirish tavsiya etiladi.

Kiritildi: 12:02 24.09.2021. O'qildi: 1888 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!