Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Koronavirusga qarshi vaksina mojarosi: AQShga uch davlat xalal bermoqda

Koronavirusga qarshi vaksina mojarosi: AQShga uch davlat xalal bermoqda

Rossiya, Xitoy va Eron Qo‘shma Shtatlarga koronavirusga qarshi vaksinani olish uchun to‘siqlar yaratmoqda, dedi mamlakat Milliy aksil razvedka va xavfsizlik markazi direktori Uilyam Evanin.

Yuqori darajadagi kontrrazvedka xodimining so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya aholisining yarmi mamlakatda haqiqiy vaksina yaratilganiga ishonmaydi", shuning uchun Rossiya qanday qilib "vaksinani jahon bozoriga olib chiqmoqchi?". Evaninning qo‘shimcha qilishicha, u tilga olgan mamlakatlar go‘yoki Qo‘shma Shtatlar yaratadigan har qanday vaksinani "o‘g‘irlashga" harakat qilmoqda. U ushbu bayonotga oid dalillarni keltirmadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda Qo‘shma Shtatlarda koronavirusga qarshi bir nechta vaksinalarning klinik sinovlari davom etmoqda.

Kiritildi: 11:29 09.10.2020. O'qildi: 3175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!