Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusga qarshi kurashishda tibbiy niqobning real foydasi baholandi

Koronavirusga qarshi kurashishda tibbiy niqobning real foydasi baholandi

Salomatlikni baholash va ko‘rsatkichlar instituti (IHME) olimlarining aniqlashicha, tibbiy niqoblardan foydalanish birgina AQShning o‘zida 130 mingga yaqin kishining hayotini asrab qoladi. 

COVID-19ni jilovlashning boshqa choralari, jumladan ijtimoiy masofa ham bu qadar katta foyda bermaydi va 2021 yilning fevral oyi oxirlariga kelib vafot etganlar soni ikki barobardan ko‘proq ortib, 511 ming kishiga yetishi mumkin, deyiladi «Nature Medicine» jurnali maqolasida.

Tadqiqotchilar fikricha, niqob taqish ko‘rsatkichi 85 foizni tashkil etsa, 95 mingdan ziyod kishining hayoti saqlab qolinadi.

Niqoblar SARS-CoV-2 kabi respirator viruslar yuqishining oldini oladi va COVID-19 tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. 

Vaksina hali ishlab chiqilmagan bir vaqtda niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, o‘z-o‘zini izolyasiya qilish va aloqaga kirishgan kishilarni qayd etib borish kabi nofarmasevtik choralar pandemiyani jilovlab turish uchun eng samarali usullar hisoblanadi.
 

Kiritildi: 11:38 26.10.2020. O'qildi: 1861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!