Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirusga chalinib, vafot etgan erkak: "Shifokorlar boshqa bemorlarni davolashsin"

Koronavirusga chalinib, vafot etgan erkak: "Shifokorlar boshqa bemorlarni davolashsin"

Uelsning Reksem shahrida o‘z-o‘zini karantinga olgan kishi koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Uning sevgilisi tomonidan yuborilgan vidolashuv xabari "Daily Mail" gazetasi tomonidan e’lon qilingan.

47 yoshli Tim Gelli kasallikning yengil alomatlarini 21 mart kuni ziyofatga borganidan keyin payqadi. Avvaliga tomog‘ida ozgina qichishish paydo bo‘ldi, ammo tez orada harorati ko‘tarildi. 23 mart, dushanba kuni u ishga bormaslikka va uyda yolg‘iz qolishga qaror qildi. Sevgilisi Donna Kuttbertdan infeksiyani yuqtirmaslik uchun uyga kelmaslikni so‘radi.

«Albatta, uning harorati ko‘tarilgani meni tashvishga soldi. Men uning koronavirusi borligidan qo‘rqardim, – deydi 46 yoshli Katbert. – Ammo u meni himoya qilishga urindi, shuning uchun uyiga kelishimni taqiqladi.

Ayol Gellidan tez yordam chaqirishini talab qildi, ammo erkak ahvoli normal ekanligiga ishontirishda davom etdi. "Uning aytishicha, ahvoli jiddiy emas. Shifokorlar ahvoli og‘irroq bemorlarga vaqt sarflasin, dedi u", – dedi ayol.

Dushanba kuni kechqurun Kutbert unga xat yozib, boshidan kechirganlari haqida so‘zlab berishini so‘radi. Erkakni uzoq muddat ko‘ra olmasligidan xavotirda ekanligini aytdi. Gelli esa unga javoban: "Ahmoq bo‘lma, albatta, biz tez orada uchrashamiz", deb javob qaytardi.

24 mart kuni ertalab Gelli uning qo‘ng‘iroqlariga javob berishni to‘xtatdi. Keyin Kutbert qo‘shnilaridan unga nima bo‘lganini tekshirishni so‘radi. Ular erkakning sog‘ligi yomonlashgan degan o‘yda tez yordam chaqirishdi. Uyga amallab kirishganida Gelli koronavirusdan vafot etganini aniqlashdi. "U o‘layotgan paytda yolg‘iz edi, degan fikrdan qutulolmayman, – dedi sevgilisi. – Tim barcha xavfsizlik choralariga rioya qilgan, ammo virus baribir unga yetib bordi".

Kiritildi: 16:14 28.03.2020. O'qildi: 6643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!