Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusdan sog‘ayganlar yana 90 kun virus tarqatishi rostmi?

Koronavirusdan sog‘ayganlar yana 90 kun virus tarqatishi rostmi?

Kovid bilan kasallanib sog‘aygan bemorlar yana 90 kun virus tarqatuvchi bo‘lishi mumkin ekan. Bu ma’lumot qanchalik rost? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi.

"Amerika Qo‘shma Shtatlari olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ham KOVID kasalligini o‘tkazgan ba’zi insonlar organizmidagi qon tarkibida 90 kungacha virus aylanib yurishi tasdiqlangan. 

Bu davrda inson tarqatuvchi sifatida bo‘lib yurishi haqida bir necha olimlar yozmoqda, lekin bu ma’lumotlar to‘liq tasdiqlanmagan. Lekin kasallikni o‘rta og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir kechirayotgan bemorlar bir oy va undan ko‘p muddat kasallik jarayonini kechirmoqdalar, bu inson organizmiga tushgan virus yuklamasi, unga nisbatan organizmning javob reaksiyalariga ham bog‘liqdir.

Bugungi kunda, virus tarqatuvchanligi, kasallik organizmda keltirib chiqaruvchi alomatlari, inson organizmining javob reaksiyasi, kasallik asoratlanishi va reabilitasiya jarayoni bo‘yicha shifokorlar va olimlar doimiy ravishda izlanishlar olib bormoqdalar. 

Bu esa, yana bir bora, kasallangan bemorlarni alohidalanishi, yaqinlari, farzandlari va ota-onalari bilan borish-kelishni kamaytirishlari, umuman uydan tashqariga chiqishni cheklashlari kerakligini bildiradi", dedi u.  

Kiritildi: 12:03 21.09.2020. O'qildi: 3472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!