Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirus! Vaksina borasida Rossiya AQShdan rad javobini olgani ma’lum bo‘ldi

Koronavirus! Vaksina borasida Rossiya AQShdan rad javobini olgani ma’lum bo‘ldi

Amerikaning CNN telekanalining ta’kidlashicha, Rossiya amaldorlari AQSh hokimiyatiga yangi koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqishda hamkorlikni taklif qilishgan, ammo rad javobi olingan. Tegishli materiallar payshanba kuni kanalning veb-saytida e’lon qilindi.

Bu versiyani ba’zi "Moskvadagi Rossiya mulozimlari" tasdiqlagani da’vo qilinmoqda. Ularning ismlari va lavozimi ko‘rsatilmagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, "o‘zaro ishonchsizlik tufayli" AQSh bunday hamkorlikka tayyor emas". Ushbu shaxslarga ko‘ra, Rossiya vaksinalar to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni Amerika tomoni bilan baham ko‘rishi va dori-darmonlarni AQShda ishlab chiqarishga ruxsat berishi mumkin edi. Ushbu manbalar "ba’zi AQSh farmasevtika kompaniyalari Rossiya vaksinasi haqida ko‘proq ma’lumot olishdan manfaatdordir", degan fikrni ta’kidlagan.

Nashr AQSh mulozimlari manbasining sharhiga ishora qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiya vaksinasiga juda shubha bilan qaraydi va undan foydalanmoqchi emas. Boshqa bir manbaning ta’kidlashicha, "AQShda Rossiya vaksinasining namunalari sotib olinmagan".

Kiritildi: 09:52 14.08.2020. O'qildi: 6056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!