Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Koronavirus uyg‘onishidan oldin butun dunyoda "uxlab yotgan"

Koronavirus uyg‘onishidan oldin butun dunyoda "uxlab yotgan"

“Koronavirus, ehtimolki, Uxan laboratoriyasidan kelib chiqmagan, balki butun dunyoda “uxlab yotgan” holatda bo‘lgan va bir necha omillar uyg‘unligi natijasi o‘laroq endilikda o‘zini namoyon eta boshlagan”,  deydi Nyukasl universiteti professori Tom Jefferson.

Olimning ta’kidlashicha, hozirda COVID-19 pandemiyadan oldin ham ko‘plab mamlakatlarda bo‘lganligi haqida tobora ko‘proq dalillar mavjud. Masalan, 2019 yil mart oyida koronavirus Barselonadagi oqava suvdan topilgan.

Patogenlar, shuningdek, Italiyaning Turin va Milan shaharlaridagi oqava suvlarda hamda 2019 yilning noyabr-dekabr oylarida Braziliyaning Florianopolisida ham aniqlangan.

"Buning sababi patogenlarning hech qayerdan kelmasligi va hech qayerga bormasligi bo‘lishi mumkin", deydi Jefferson.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yuqorida aytilganlarning barchasiga asoslanib, virus oqava suvlar orqali ham yuqishi mumkinligini nazardan chetda qoldirmaslik zarur.

Kiritildi: 21:13 06.07.2020. O'qildi: 3678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!