Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Koronavirus tufayli birjalarda bir barrel neft narxi 43 dollardan tushib ketdi

Koronavirus tufayli birjalarda bir barrel neft narxi 43 dollardan tushib ketdi

3 iyul kuni neftning bir barreliga qo‘yilgan narx 43 AQSh dollaridan pastroq bo‘lgan edi. Bunga dunyoda koronavirusning yana avj olishi tufayli yoqilg‘iga bo‘lgan talabning tushishi sabab bo‘lmoqda.

Dunyo bo‘ylab COVID-19 avj olar ekan, undan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan AQShda koronavirusga chalinish bo‘yicha rekord deyarli har kuni yangilanmoqda. Ushbu holat Qo‘shma Shtatlarda iyun oyida ko‘payishni boshlagan ish o‘rinlarining yana kamayishiga olib kelishi mumkin.

“Agar AQShda yangi kasallanganlar oshib borishi shu tariqa davom etsa, bu yerda neftga bo‘lgan talabning o‘sishi xavf ostida qoladi” deydi “Rystad Energy” kompaniyasi xodimi Luis Dikson.

3 iyul kuni London birjalarida “Brent” neft xom-ashyosining narxi 56 sentga pastlab, 42 dollar 58 sentni tashkil qilgan bo‘lsa, Texasdagi neft narxi 58 sentga arzonlashib, 40 dollar 7 sentgacha tushib ketdi.

Koronavirus tufayli dunyo mamlakatlarida parvozlar to‘xtatildi, mashinalar harakatiga cheklov qo‘yildi. Natijada, yoqilg‘iga bo‘lgan talab “quladi”.

Aprelda “Brent” nefti 16 dollargacha kamaygandi. Bu esa so‘nggi 21 yil ichida ushbu turdagi neftga qo‘yilgan eng past qiymat hisoblanadi. Ammo, dunyo mamlakatlaridagi iqtisodiy faoliyatning qayta jonlanishi va OPEC+ning (neft ishlab chiqaruvchi davlatlar tashkiloti) neft ishlab chiqarishni kamaytirishi “Brent”ning narxi ikki baravar oshishiga yordam bergandi.

Iyun oyida OPECga a’zo mamlakatlarning neft ishlab chiqarish hajmi so‘nggi o‘n yillardan beri eng past ko‘rsatkichga tushgan. Shuningdek, Rossiyaning neft ishlab chiqarish hajmi ham ancha kamaygan.

Kiritildi: 05:00 07.07.2020. O'qildi: 1858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!