Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirus necha darajada o‘lishi aniqlandi

Koronavirus necha darajada o‘lishi aniqlandi

Gonkong universiteti olimlari COVID-19 koronavirus necha darajada ko‘proq va kamroq faol bo‘lishini aniqlashdi, deya xabar bermoqda TASS. 

Tadqiqotchilarning aytishicha, koronavirus +4 daraja haroratda uzoq vaqt barqaror bo‘lib qoladi. Dezinfeksiya boshlangandan keyin esa uning faolligi 14 kundan keyingina susaya boshlaydi.   

Shuningdek, yangi koronavirusning yuqori haroratga chidamsiz ekani aniqlandi: +70 darajada besh daqiqa o‘ladi. U +56 darajada uzog‘i bilan yarim soat, +37 darajada ko‘pi bilan ikki kun, 22 darajada esa taxminan bir haftacha yashar ekan. 

Bundan tashqari, olimlar koronavirusning turli yuzalarda qancha yashash mumkinligini ham aniqlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, u xona haroratida va 65% nisbiy namlikda tibbiyoti niqobining tashqi qismida uzog‘i bilan bir hafta, qog‘ozda uch soat, yog‘och va matoda ikki kun, shishada to‘rt kun, zanglamaydigan po‘lat va plastmassada bir haftadan ortiq yashay olar ekan.

Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 4 taga oshib, 149 nafarni tashkil etmoqda. @ssvuz

Ushbu infeksiya 2 nafar andijonlik (ayollar), 1 nafar farg‘onalik (erkak) va 1 nafar toshkentlik (erkak) fuqarolarda aniqlandi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 17:02 30.03.2020. O'qildi: 17359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!