Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Koronavirus infeksiyasi bilan jamoat hojatxonalari yoki liftda ham zararlanish mumkinmi?

Koronavirus infeksiyasi bilan jamoat hojatxonalari yoki liftda ham zararlanish mumkinmi?

Bugungi kunda karantin choralari yumshatilganda jamoat joylarida infeksiyaning dolzarbligi oshadi, ya’ni aholi ko‘p to‘planadigan joylarda koronavirus bilan kasallanish xavfi ortadi.

Imkon qadar aholi to‘plangan joyga bormaslikka, begonalar bilan muloqot qilmaslikka harakat qiling va odamlar soni kamayguncha ijtimoiy masofani ushlang.

Virus turli yuzalar va havo aylanmasida  2-3 soatdan 8-12 soatgacha turli haroratlarda saqlanib qolishi allaqachon tasdiqlangan.

Bundan tashqari, doimiy tozalash ishlari olib borish, barcha yuzalarga dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ishlov berish, ayniqsa jamoat hojatxonalari eshik tutqichlari yoki liftlarni dezinfeksiyalash talab etiladi. 

Shuningdek, jamoat hojatxonalari yoki lift xizmatlaridan foydalanganda har bir fuqaro kirish va chiqishdan oldin qo‘llarini sovun bilan yaxshilab yuvishi yoki antiseptik vositalari bilan ishlov berishi ishlatishi shart. 

Yuz niqobini muntazam taqib yurish, jamoat joylariga kirishda bir martalik qo‘lqop kiyishingiz va chiqayotganda yechishingiz mumkin. siz foydalangan qo‘lqop va peçeteler axlat qutilariga tashlanishi kerak. 

Kiritildi: 13:20 21.09.2020. O'qildi: 2079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!