Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Koronavirus: dunyo yana bir jiddiy muammoga duch keldi

Koronavirus: dunyo yana bir jiddiy muammoga duch keldi

Butun dunyoda turli mamlakatlarning aholisi va hukumati COVID-19 koronavirusi sabab yana bir muammoga duch keldi, deb yozmoqda "Daryo" nashri.

Bu norasmiy ishlovchilar sektori muammosi — butun dunyodagi YAIMning qariyb chorak qismi ularning daromadiga to‘g‘ri keladi.

Hukumatlar koronavirusdan talafot ko‘rgan sohalar, korxonalarga ko‘mak berish dasturlarini ishlab chiqmoqda, xususan, ishlab chiqarishni to‘xtatgan va xodimlar sonini qisqartirgan muassasalarga yordam berishga urinmoqda. Biroq bu kabi dasturlar xufiyona iqtisodiyotga va unda band bo‘lgan odamlarga taalluqli emas.

Norasmiy ishlayotganlarning ko‘pchiligi davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan va ijtimoiy yordamdan foydalana olmaydi. Mehnat resurslariga talabning kamayishi, karantin e’lon qilingani tufayli o‘z faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirmoqda. Ular masofadan turib ishlash rejimiga o‘ta olmaydi.

2015 yilda Xalqaro valyuta jamg‘armasi global xufiyona iqtisodiyotning rasmiy YAIMdagi ulushi 31,9 foiz deb baholagandi. 2019 yilda xufiyona iqtisodiyotning ulushi 30 trillion dollarni tashkil etdi.

G20 davlatlarining moliya vazirlari, markaziy banklari rahbarlarining fikricha, vaziyatni hal etishda rivojlanayotgan mamlakatlarning qarzdorligini zaiflashtirish, davlat va korporativ qarzni kamaytirish samara berishi mumkin. Kreditorlarga hozirda to‘lanayotgan mablag‘lar muammolar yechimiga, jumladan, notenglikni bartaraf qilishga hamda kam taminlangan oilalarga yordam berishga sarflanadi.

Ayrim davlatlarning hukumatlari bu kabi qarorlarni mustaqil qabul qilmoqda. Iqtisodiyotning norasmiy sektori manfaatlarini notijorat tashkilotlar qo‘llab-quvvatlamoqda. Janubiy Afrika Respublikasida xufiyona iqtisodiyotda band bo‘lgan aholiga grantlar ajratilmoqda. Ushbu mablag‘ evaziga fuqarolar o‘z-o‘zini izolyasiya qilib, daromadining muayyan qismini yo‘qotishdan saqlab qoladi.

Kiritildi: 15:45 04.04.2020. O'qildi: 6956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!