Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Koronavirus: Braziliyada kunlik o‘limlar soni yana oshdi

Koronavirus: Braziliyada kunlik o‘limlar soni yana oshdi

Braziliyada o‘tgan 24 soat ichida 1 500 nafar inson infeksiyadan vafot etdi va 28 ming inson virus yuqtirgani aniqlangan. Bir kun avval 1 262 nafar inson virus tufayli hayotdan ko‘z yumgan edi. Bu haqida mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Jon Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, Braziliya bugungi kunda virus yuqish darajasi bo‘yicha ikkinchi, o‘lim holati bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda qayd etilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobotiga ko‘ra, Braziliyada jami 615 mingdan ortiq kishi virus yuqtirgan. Ulardan 274 mingdan ortig‘i tuzalgan bo‘lib, 34 039 kishi vafot etgan.

306 834 kishi ayni damda kasalxonalarda davolanmoqda.

Kiritildi: 11:11 05.06.2020. O'qildi: 1985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!