Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirus: bosh shifokor 39 yoshli erkakning o‘limi sabablarini aytdi

Koronavirus: bosh shifokor 39 yoshli erkakning o‘limi sabablarini aytdi

Rossiyada 39 yoshli erkakning koronavirus bilan o‘limi tafsilotlari oshkor qilinmoqda. Bemor haqidagi xabarni "Kommunarka" tibbiy kompleksining bosh shifokori Denis Prosenko o‘zining feysbukdagi sahifasida yozgan.

Prosenkoning aytishicha, vafot etgan bemorda semirish va gipertenziya bor. Bosh shifokorning ta’kidlashicha, erkak koronavirus infeksiyasining o‘tkir respirator bezovtalik sindromi asoratidan vafot etgan.

Prosenko, shuningdek, COVID asoratlarni keltirib chiqarishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Xususan, "o‘pkaning qattiq shikastlanishi va qon ivishining buzilishi". "Ushbu asoratlarning jiddiyligi ko‘pincha koronavirus infeksiyasi bo‘lgan bemorlarning o‘limiga sabab bo‘ladi", dedi u. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, Kommunarkda bunday bemorlar bor, ular "mexanik shamollatishdagi bemorlar" deb belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq  Moskvada 39 yoshli erkak koronavirusga chalinib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 06:32 03.04.2020. O'qildi: 5934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!