Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Koronavirus: Armaniston favqulodda holat rejimini to‘rtinchi bor uzaytirmoqchi

Koronavirus: Armaniston favqulodda holat rejimini to‘rtinchi bor uzaytirmoqchi

Armaniston hukumati koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan favqulodda holat rejimini to‘rtinchi marta uzaytirishni mo‘ljallamoqda.

"Vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimi zo‘riqish rejimida ishlamoqda. Katta ehtimol bilan favqulodda holat rejimi yana bir marta uzaytiriladi", - dedi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda holat rejimi tinimsiz uzaytirilishi mumkin emas va kelgusida favqulodda holat rejimisiz epidemiyaga qarshi me’yorlarni ta’minlashda zarur vositalarga ega bo‘lish uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi. 

Armanistonda favqulodda holat rejimi 13 iyulda nihoyasiga yetadi. Mamlakatda o‘tgan sutkada 330 kishida koronavirus aniqlangan, kasallikka chalinganlar soni 28 936 nafarga yetgan.

Yagona axborot markazining ma’lumot berishicha, o‘tgan sutkada sakkiz bemor vafot etgan, jami vafot etganlar soni 650 kishini tashkil etmoqda.

Kiritildi: 08:05 07.07.2020. O'qildi: 1695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!