Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Konsulxona Istanbulga uchayotganlarga murojaat qildi

Konsulxona Istanbulga uchayotganlarga murojaat qildi

Istanbulda kutilayotgan kuchli bo‘ron tufayli Turkish Airlines (THY) aviakompaniyasi 23 noyabr kuni rejalashtirilgan 38 ta parvozni bekor qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Bekor qilingan reyslar:
- 10 tasi ichki reys;
- 28 tasi xalqaro reys.

Aeroportning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 10 foizga cheklash haqida qaror Favqulodda holatlar bo‘yicha Meteorologiya qo‘mitasi (MADKOM) tavsiyasiga asosan qabul qilingan.

Istanbul xalqaro aeroporti mas’ullari ertangi reyslarda yana o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Konsulxona yurtdoshlarimizga o‘z parvozlari holatini oldindan tekshirishni va tegishli choralar ko‘rishni tavsiya qildi.

Kiritildi: Bugun 14:58. O'qildi: 304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!