Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Kolumbiyalik general 104 nafar tinch fuqaroni qirishda ayblanmoqda

Kolumbiyalik general 104 nafar tinch fuqaroni qirishda ayblanmoqda

Kolumbiya Bosh prokuraturasi armiyaning sobiq qo‘mondoni, general Mario Montoyyani 100 dan ortiq tinch fuqaroni sudsiz o‘ldirishda aybladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Generalga qo‘yilgan ayblovlar uning qo‘li ostidagi harbiy xizmatchilarning 2007-2008 yillardagi jinoiy harakatlari bilan bog‘liq. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Montoyya qo‘l ostidagilarga Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari safiga a’zolikda gumon qilinayotgan shaxslarni hibsga olish ustuvorligi to‘g‘risida yuqori qo‘mondonlik buyrug‘ini berishdan bosh tortgan.

Partizanlarga qarshi operasiyalarda bosh qo‘mondon qo‘l ostidagilarning samaradorligini ular partizan deb hisoblangan o‘ldirilganlar soniga qarab baholab borishni davom ettirdi.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida generalga bo‘ysunuvchilar qo‘lidan kamida 104 tinch fuqaro o‘ldirilgan, ulardan beshtasi bolalar edi. "U o‘z qo‘mondonlarini jangda o‘ldirilganlar soni bo‘yicha baholashni davom ettirdi, bu siyosatga rozi bo‘lmagan ofiserlarga bosim o‘tkazildi", dedi Reuters agentligi.

Hammasi bo‘lib, 2002 yildan 2008 yilgacha 6400 dan ortiq odam harbiylar tomonidan sudsiz qatl qilish qurboni bo‘lgan.

Kolumbiya armiyasining sobiq bosh qo‘mondoni ustidan sud jarayoni 2016 yilda milliy yarashuv siyosati doirasida tashkil etilgan sud organi-Tinchlik uchun maxsus yurisdiksiya tomonidan amalga oshirildi. Qo‘mitaning asosiy maqsadi ham marksistik guruhlar, ham Kolumbiya harbiylari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni xolis tergov qilishdir.

Kiritildi: 17:07 02.08.2021. O'qildi: 2252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!