Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Kobul g‘arbidagi portlashda kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Kobul g‘arbidagi portlashda kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobul g‘arbida sodir bo‘lgan portlashda kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi yaralandi. Bu haqda Al Jazeera telekanali Afg‘oniston hukumatidagi manbaga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, portlashni xudkush-terrorchi amalga oshirgan, deb xabar beradi “TASS”.

5-sentyabr kuni Kobulda, Rossiya elchixonasi konsullik bo‘limiga kirish joyi yaqinida jangari portlovchi moslamani ishga tushirdi. Terakt oqibatida diplomatik missiyaning ikki xodimi halok bo‘ldi , qurbonlar orasida Afg‘oniston fuqarolari ham bor.

Kiritildi: 12:45 30.09.2022. O'qildi: 1765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!