Bugun 19 mart, 2024 yil, seshanba

КИР

Kimlarga issiq dush qabul qilish mumkin emas?

Kimlarga issiq dush qabul qilish mumkin emas?

Yauza klinikasi shifokor-terapevti Viktor Lishin qaysi kasalliklarda issiq dush yoki vanna qabul qilish kerak emasligi haqida gapirdi.

Dastlabki bosqichda yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan odamlar bunday suv muolajalari vaqtini 20 daqiqaga cheklashlari kerak. O‘rtacha va og‘ir shakldagi bemorlar esa issiq dushdan butunlay voz kechish kerak.

Issiq dush qabul qilishga imkon bermaydigan yana bir kasallik – bu diabet.

Bundan tashqari, shifokor teri (dermatit, psoriaz, toshmalar va chandiqlar) kasalliklari bo‘lgan odamlar issiq suv muolajalaridan voz kechishga chaqirdi. Lishin oshqozon-ichak tizimi kasalliklari, birinchi navbatda, oshqozon yarasi yoki gastrit, qaynoq suv mutlaqo mumkin emasligi haqida ogohlantirdi.

"Vanna qabul qilayotganda, issiq suv qonni ichki organlarga faolroq borishga undaydi va bu kasalliklarning kuchayishiga olib keladi", - deb tushuntirdi mutaxassis.

Varikoz va tromboz bo‘lganda, shuningdek, shamollashning o‘tkir bosqichida issiq dushdan voz kechish kerak, - deb qo‘shimcha qildi shikofor.

Lishin so‘zlariga ko‘ra, suv proseduralari uchun eng yaxshi harorat 28-30 daraja bo‘lishi kerak.

Kiritildi: 21:32 20.02.2020. O'qildi: 3930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!