Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Kim Chen Inga xotinining behayo suratlarini jo‘natishdi

Kim Chen Inga xotinining behayo suratlarini jo‘natishdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyadan yuborilgan rafiqasining provokasion suratlari tushirilgan varaqalardan g‘azablangan. Bu haqda Daily Mail Rossiyaning KXDRdagi elchisi Aleksandr Masegorga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu suratlar Janubiy Koreyadan sharlar orqali yuborilmoqda. Suratlarda KXDR yetakchisining rafiqasi Li Sol Chjuning rafiqasi uyatsiz holatda tasvirlangan. Xususan, tashviqot materiallarida Kim Chen Inning rafiqasi go‘yo behayo filmda rol o‘ynaganligi qayd etilgan.

Masegorning so‘zlariga ko‘ra, Kimning "xotiniga qaratilgan g‘ayriinsoniy, haqoratli tashviqot" varaqalarda bosilgan. Aynan shu tasvirlar KXDR rasmiylarining 16 iyun kuni Keson shahridagi koreyalararo aloqa idorasini portlatishiga sabab bo‘lgan, deb yozadi Daily Mail.

Avvalroq Kim Chen In Janubiy Koreyaga qarshi harbiy operasiyalar o‘tkazish rejasini keyinga qoldirishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 15:13 01.07.2020. O'qildi: 21932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!