Bugun 29 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Kiyev Vashingtonning chaqiruv yoshini pasaytirish talabiga qarshi chiqdi

Kiyev Vashingtonning chaqiruv yoshini pasaytirish talabiga qarshi chiqdi

Ukraina prezidentining maslahatchisi Dmitriy Litvin «avval e’lon qilingan uskunalar o‘z vaqtida yetib bormayotganini ko‘rib, Ukrainani safarbarlik yoshini pasaytirishga chaqirishning ma’nosi yo‘q», dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kechikishlar tufayli Ukrainada allaqachon safarbar qilingan askarlarni jihozlash uchun yetarlicha qurol-yarog‘ yo‘q.

«Hamkorlar ma’lumotlarga to‘liq kirish huquqiga ega va va’dalarni haqiqiy yetkazib berish bilan solishtirishlari mumkin. Ukrainadan logistikadagi kechikishlar yoki qo‘llab-quvvatlashdagi ikkilanishlarni frontdagi xalqimiz yoshlari hisobidan qoplashini kutish mumkin emas», dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti ma’muriyati Ukraina armiyasi sonini tezda ko‘paytirish uchun uni harbiy xizmatga chaqirish yoshini 18 yoshga tushirishga chaqirgani ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: Bugun 08:47. O'qildi: 311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!