Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Keyingi yillarda 500 mingga yaqin xodimning qonuniy huquqlari himoya qilindi

Keyingi yillarda 500 mingga yaqin xodimning qonuniy huquqlari himoya qilindi

Davlatimiz rahbari kasaba uyushmalarining korxona va tashkilotlarda mehnatga oid huquqlarni himoya qilishdagi jonbozligini alohida qayd etdi.

Keyingi yillarda 500 mingga yaqin xodimning qonuniy huquqlari himoya qilindi, ularning foydasiga 267 milliard so‘m undirib berildi.

Shuningdek, ishdagi baxtsiz hodisalar tufayli jabrlangan 1 ming nafar xodimga 35 milliard so‘m tovon puli to‘lab berilgan.

Bundan tashqari, nohaq bo‘shatilgan 13 ming xodim ishga tiklangan.

To‘rt yil oldin Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etilgani kasaba uyushmalari faoliyatida yangi yo‘nalish bo‘ldi. Prezident oliygoh bitiruvchilari korxona va tashkilotlarda mehnat huquqlari himoyachisiga aylanib, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Kiritildi: 12:17 17.10.2025. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!