Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Kelgusi o‘quv yilidan magistraturada sport sohasida yangi mutaxassisliklarga qabul boshlanadi

Kelgusi o‘quv yilidan magistraturada sport sohasida yangi mutaxassisliklarga qabul boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi «Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 735-son qarori qabul qilindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, Qarorda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar belgilangan.

✅ Hukumat qaroriga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

👉 ekstremal sport va sport turizmi bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida alohida kafedra ochiladi;

👉 «Sport tadbirlarini sharhlovchi», «Yirik sport tadbirlarini tashkillashtirish (promouter)» hamda «Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish» bo‘yicha magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlanadi.
 

Kiritildi: 18:23 02.12.2020. O'qildi: 1463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!