Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Kelgusi haftada ham O‘zbekistonda harorat 40 darajadan baland bo‘ladi

Kelgusi haftada ham O‘zbekistonda harorat 40 darajadan baland bo‘ladi

Gidrometeorologiya xizmati markazi 16-19 iyul kunlari uchun ob-havo bashoratini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29, ba’zi joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

QASHQADARYo VA SURXONDARYo VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29, ba’zi joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Kiritildi: 21:15 14.07.2019. O'qildi: 2280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!