Farmon bilan “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizom “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, istiqbolli tashabbuslarni yig‘ish, tahlil qilish va ko‘rib chiqish hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
⏳ Forum doirasida istiqbolli tashabbuslarni yig‘ish, dastlabki saralash va umumlashtirish jarayonlari Strategik islohotlar agentligi tomonidan har yili 1 iyuldan 1 sentyabrgacha o‘tkaziladi.
📙 Forumda muhokama qilish uchun yuboriladigan istiqbolli tashabbuslar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi lozim:
➖ dolzarblik;
➖ o‘ziga xoslik;
➖ imkoniyatlilik;
➖ ta’sirchanlik;
➖ tarmoq yoki jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatish.
📝 Mentorlar kengashi tomonidan top-10 deb topilgan eng dolzarb istiqbolli tashabbuslar Prezident ishtirokida o‘tkaziladigan Forumning yalpi majlisida muhokama qilinadi.