Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Karmanadagi qabristonda mayitlarni musulmonchasiga dafn qilib bo‘lmayapti (video)

Karmanadagi qabristonda mayitlarni musulmonchasiga dafn qilib bo‘lmayapti (video)

Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 22 gektar maydonni egallagan «Qosim Shayx» qabristoniga mayitlarni shariat qonun-qoidalariga muvofiq tarzda dafn etib bo‘lmayapti. «Zamon» informasion dasturida ma’lum qilinishicha, bunga yerni 2—2,5 metr kavlaganda, ostidan suv chiqib kelayotgani sabab bo‘lmoqda.

«Bundan to‘rt-besh yil avval ham birodarlarimizni «Qosim Shayx» mozoriga shariat qoidalariga muvofiq, izzat-ikrom bilan dafn qila olardik. Lekin yerosti sho‘r suvlari ko‘tarilib borishi oqibatida endi mayitlarni urf-odat bo‘yicha dafn qilolmayapmiz. Yerni shunday qazib, shunday ko‘mib ketyapmiz», — deydi Xalil ota Eshmurodov.

Atrofidan kanal, suv quvurlari o‘tgan qabristonda bir yil avval vaziyat hozirgidan ham yomonroq bo‘lgan — suv yerni bir metr qaziganda chiqib ketgan. Shundan so‘ng mas’ullar aralashuvi bilan nasoslar o‘rnatilgan, biroq bu suvning chiqishini 2—2,5 metrga tushirgan, xolos. Rasmiylar ushbu muammoni 2020 yilda hal qilishga umid bildirmoqda.

Kiritildi: 09:59 26.09.2019. O'qildi: 4383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!