"Fenerbaxche" hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Karim Benzemani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Fotomaç xabariga ko‘ra, Domeniko Tedesko klub prezidenti Sadettin Saranga jamoaga hujumlarni yakunlaydigan hujumchi kerakligini aytgan. Bunday zaruratga Yussef En-Nesirining hozirgi holati, Jon Dyuranning jarohati va Jenk Tosunning tarkibdan chetlatilgani sabab bo‘lmoqda.
Muqobil variantlar muhokama qilinganidan so‘ng, Karim Benzema shartnoma imzolash uchun asosiy da’vogar bo‘ldi. Hujumchining "Al-Ittihod" bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi, shuning uchun turklar vaziyatga oydinlik kiritish uchun uning agentlari bilan bog‘lanishni rejalashtirmoqda. Agar ijobiy javob olinsa, transfer ustidagi ishlar davom ettiriladi. Agar shunday bo‘lsa, klub Dyuran bilan xayrlashishi mumkin.
Aks holda, ro‘yxatdagi qolgan ismlar bilan muzokaralar olib boriladi.
Avvalroq 37 yoshli fransuz faoliyatining so‘nggi bosqichini Yevropada o‘tkazmoqchi ekani xabar qilingandi.