Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Karantin tufayli 4 oydan oshiq vaqt O‘zbekistonda qolib ketgan AQShlik ayol haqida (VIDEO)

Karantin tufayli 4 oydan oshiq vaqt O‘zbekistonda qolib ketgan AQShlik ayol haqida (VIDEO)

Kvue.com nashri Texasning markaziy shtatidan bo‘lgan ayol global pandemiya paytida qanday qilib 6 oy davomida O‘zbekistonda qolib ketganligi haqida yozdi.

Manbaga ko‘ra, dastlab ayol rus va o‘zbek tillarini o‘rganish uchun O‘zbekistonga 45 kunlik sayohatni rejalashtirgan. Keyinchalik, COVID-19 pandemiyasi tufayli mamlakatlar chegaralarini yopganda, u yana 4,5 oy O‘zbekistonda qolib ketdi.

“Ba’zi odamlar tashqariga chiqishni yoki zavqlanishni yaxshi ko‘radilar; men sayohat qilishni yaxshi ko‘raman, – deydi Viddon. – Men har doim boshqa madaniyatlar bilan tanishishni istardim".

Ayol 2020 yil boshida O‘zbekistonga keldi. U rus va o‘zbek tillarini o‘rganish uchun sayohatga chiqdi.

"Men u yerda 45 kun qolishni rejalashtirgandim, – dedi u. – Keyin menga yakshanba kuni chegaralar yopilishi haqida xabar keldi".

Elchixona ayolga AQShga qaytishni istasa, poytaxtga yetib borishi uchun sakkiz soat vaqt borligini aytdi.

"Harbiylar mahallamizni, tumanlarimizni o‘rab oldilar va to‘siqlar o‘rnatishdi, shunda bir shahardan ikkinchisiga ko‘chib o‘tolmasdim, men poytaxtdan besh soat uzoqlikda edim", dedi u.

O‘sha paytda u sayohat ancha uzoq davom etishini rejalashtira boshladi.

“Biz hatto bir xil tilda gaplashmas edik, lekin meni ishlashga jalb qilish, yordam berish uchun 30 kunlik rejani ishlab chiqdik. Men u yerda ishlamaganman, lekin men ko‘ngilli yedim, repetitorlik qildim".

Bir yarim oy davom etishi kerak bo‘lgan sayohat olti oyga aylandi. U hech qachon shuncha vaqt sarflashga qaror qilmagan mamlakat uning uyiga aylandi. Notanish odamlar do‘st bo‘lib qolishdi, deb yozadi gazeta.

Ayol vaqtini hech qachon uchrashmaydigan odamlar bilan aloqa o‘rnatishga, ularning madaniyatini o‘rganishga va o‘z madaniyati bilan bo‘lishishga sarfladi.

Keyin u AQShda qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini olib ketish uchun uchib kelgan reys bilan vataniga qaytib keldi.

Kiritildi: 12:34 19.01.2021. O'qildi: 4078 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!