Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Karantin: Toshkent shahar hokimligida muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etildi

Karantin: Toshkent shahar hokimligida muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etildi

Hurmatli hamshaharlar!

2020 yil 30 mart kuni soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar Toshkent shahrida avtotransport vositalarini harakati maxsus ruxsatnomalar bilan amalga oshirilishi munosabati bilan saxovatpesha insonlar tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlar masalasida qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin.

Ko‘ngillilarning xayrli ishlari o‘z vaqtida manzilli amalga oshishiga ko‘maklashish  maqsadida Toshkent shahar hokimligida muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etildi.

Markaz qo‘yidagi tartibda ish faolitini amalga oshiradi:
- davlat va jamoat tashkilotlari, deputatlar, tadbirkorlar, yordam ko‘rsatishni istagan faol fuqarolar Markazga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat etadi;
- markazdan murojaat bo‘yicha ma’lumot tuman hokimi o‘rinbosarlariga yetkaziladi;
- tuman hokimi o‘rinbosarlari yordam ko‘rsatish istagini bildirganlar bilan hamkorlikda manzilli yordamni tashkil etadi.

Markazga har kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar (71) 210-01-15 va (71) 210-01-16 telefon raqamlari orqali murojaat etishingiz mumkin.

Toshkent shahar hokimligi

Kiritildi: 09:33 30.03.2020. O'qildi: 1619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!