Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Karantin nazorati kuchaytirildi: niqobsiz shaxslar jamoat transportlariga qo‘yilmaydi

Karantin nazorati kuchaytirildi: niqobsiz shaxslar jamoat transportlariga qo‘yilmaydi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Transport vazirligi va boshqa qator manfaatdor tashkilotlar taklifiga binoan respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra yo‘nalishli avtobus haydovchilari (konduktorlari) va metro kuzatuvchilari niqobsiz bo‘lgan shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmaslik (kiritmaslik) choralarini ko‘rishi belgilandi.

Shuningdek, muntazam ravishda mikrofon orqali shaxslarni mas’uliyatni oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borilishi, jamoat transportlarining oxirgi bekatida dezinfeksiya-tozalash ishlarini amalga oshirilishi zarurligi ko‘zda tutilmoqda.

Temir yo‘l vokzallari va aeroportlarda esa sanitariya-epidemilogiya talablariga amal qilinishini qat’iy nazoratga olinishini, shu jumladan, dezinfeksiya va tozalash tadbirlarini muntazam ravishda yo‘lga qo‘yilishi ta’minlanadigan bo‘ldi.

Kiritildi: 17:58 22.06.2021. O'qildi: 4068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!