Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Karantin: 77 yoshli milliarder kimsasiz orolga qochdi

Karantin: 77 yoshli milliarder kimsasiz orolga qochdi

Amerikalik prodyuser va milliarder Devid Geffen hashamatli yaxtada o‘zini izolyasiya qilgani bilan maqtandi. U suratini instagramiga joyladi. Bu surat esa keyinroq tvitterda paydo bo‘ldi.

77 yoshli Geffen ijtimoiy tarmoqlarda dunyodagi eng katta xususiy yaxtada turgan fotosuratini joylashtirdi. "Grenadin orolida yolg‘iz. Umid qilamanki, barchasi xavfsiz”, deb izoh yozdi u.

Sharhlarda uni koronavirus pandemiyasi paytidagi o‘rinsiz maqtanchoqlik tufayli tanqid qilishdi. "Faqat Devid Geffen bizga qo‘l siltab qo‘ydi", "Oxir-oqibat, qaroqchilar endi uning qayerdaligini bilishadi", "Boylarning alohida imtiyozlari", qabilidagi fikrlar bildirildi.

Kiritildi: 18:51 31.03.2020. O'qildi: 3906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!