Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Kaniza: Koronavirusdan o‘lsam kerak, deb o‘ylab vasiyat yozishga tayyorlandim (video)

Kaniza: Koronavirusdan o‘lsam kerak, deb o‘ylab vasiyat yozishga tayyorlandim (video)

Xonanda Kaniza koronavirus yuqtirib olgani hamda davolangani haqida ma’lum qilgan edi. Kaniza virus yuqtirib olgani haqidagi video murojaatini piar deb o‘ylaganlar va kasallikdan «o‘lib ketaman deb o‘ylab», vasiyatini yozishga tayyor bo‘lgani haqida «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga gapirib berdi.

Instagram’da qilgan murojaatimni piar deganlar bo‘ldi. Tovba qildim-u, odam sog‘ligi bilan ham piar qiladimi. Agar shu kasallik sizlarning ham boshingizdan o‘tadigan bo‘lsa, illohim bo‘lmasin-u, o‘shanda holatinglarni o‘zingiz bilib, ozgina bo‘lsa ham meni tushungan bo‘lar edingiz.

Kasal bo‘lmaganlarga, uyda o‘tirgan bekorchilarga noo‘rin gaplarni gapirish osonroq. Video murojaat qilishimdan asosiy maqsad, odamlarga yordam bo‘lsa, tez yordam tezroq ishlasin, sohadagi odamlar haqiqiy vaziyatni bilishsin, degan ma’noda edi. Ammo bu murojaatni piar deb, boshqacha talqin qilganlar, hattoki ‘Kaniza koronavirusdan vafot etdi, dunyodan o‘tdi’, deb xabar tarqatganlar bo‘ldi.

Allohga shukr oilamizdan hech kim kasal bo‘lishmadi. Oilamizdagilar aynan bizning uyimizdan ketgan vaqtda bizda kasallik boshlandi. Oila a’zolarimizning hech qaysi biri bu kasallik bilan kasallanishini xohlamayman. Ayniqsa ota-onam kasal bo‘lganidan ko‘ra, men yana bir marta kasal bo‘lishga roziman, faqat ota-onam kasal bo‘lmasa bo‘ldi.

Kasallikni yuqtirib, og‘ir yotgan vaqtlarimda birinchi o‘ylagan narsam Allohim men hali savob ishlar qilishga ulgurmadim-ku, ming gunohkor banda bo‘lsak ham hammamiz jannatga tushishga umidvor bo‘lamiz.

Nima bo‘lsa bo‘ldi, bir boshga bir o‘lim ekanda deb vasiyatlarni ham yozishga tayyor bo‘ldim. Oila a’zolarimga, ikkita jiyanchamga vasiyatimni yozib qoldirishga tayyor bo‘lib turdim.

Kaniza, «Nihol» mukofoti sovrindori

Kiritildi: 14:32 06.08.2020. O'qildi: 4403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!