Kanada Universitet O‘qituvchilari Assosiasiyasi akademiklarni chegaradagi qiyinchiliklar va "tez o‘zgaruvchan siyosiy vaziyat" tufayli AQShga "keraksiz" sayohatlardan qochishga chaqirdi.
Assosiasiya bayonotida aytilishicha , olimlar chegaralarni kesib o‘tishda o‘zlarining elektron qurilmalaridagi ma’lumotlardan ehtiyot bo‘lishlari kerak. AQSh siyosatini tanqid qilgan yoki tadqiqotlari Tramp ma’muriyatining pozisiyalariga zid deb qabul qilinishi mumkin bo‘lganlarga alohida e’tibor qaratish lozim.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari, shuningdek, AQSh bojxona va chegara himoyasi ma’lumotlariga iqtibos keltirmoqda, bu esa mamlakatga kiruvchi Kanada fuqarolari soni 2025 yil mart oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 32 foizga kamayganini ko‘rsatadi.