AQSh vise-prezidenti Kamala Harrisni Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun yetarlicha delegatlar qo‘llab-quvvatladi, deya xabar berdi Associated Press.
Agentlik so‘roviga ko‘ra, Harris uchun kamida 2668 delegat ovoz berish niyatida, uning nomzodini birinchi turda tasdiqlash uchun esa 1976 ovoz kerak.
AP ma’lumotlari 1976 nafardan ortiq demokrat delegat Harrisni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan CNN ma’lumotlariga mos keladi.
AP`ning ta’kidlashicha, bu norasmiy raqamlar va rasmiy nomzodlikni anglatmaydi. Demokratlar partiyasining 19 avgust kuni Chikagoda ochiladigan qurultoyida prezidentlikka nomzodga ovoz berishi kutilmoqda.