Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

"Kaltaklangan" fuqaro, shapka kiygan GAI": ijtimoiy tarmoqlardagi video lavhalar yuzasidan ma’lumot berildi (FOTO)

"Kaltaklangan" fuqaro, shapka kiygan GAI": ijtimoiy tarmoqlardagi video lavhalar yuzasidan ma’lumot berildi (FOTO)

Joriy yilning 4 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda "Mana o‘sha nachalnik GAI Toshboyevning videosi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Video lavha o‘rganilganda, 2020 yilning 11 mart kuni Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani hududida ushbu tuman IIB YHXB katta inspektori U.Toshboyev va bir necha YPX xodimlari ishtirokida qo‘shma reyd tadbiri o‘tkazilganligi, reyd davomida tuman IIB YHXB katta inspektori U.Toshboyev bodikamerasiz xizmat olib borganligi holati video lavhada aks etgan.

Mazkur video lavha yuzasidan hozirgi vaqtda Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

"Kaltaklangan" fuqaro, shapka kiygan GAI": ijtimoiy tarmoqlardagi video lavhalar yuzasidan ma’lumot berildi (FOTO)

Ijtimoiy tarmoq

Shuningdek, joriy yilning 18 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda "Chopon kiygan GAIlarni ko‘radigan kunimiz kelmasa bo‘ldi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Video lavha o‘rganilganda, Namangan viloyati IIB YHXB YPX xodimi O.Maxmudov sovuq ob-havo sabab fuqarolik bosh kiyimida xizmat olib borganligi holati aks etgan.

Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

"Kaltaklangan" fuqaro, shapka kiygan GAI": ijtimoiy tarmoqlardagi video lavhalar yuzasidan ma’lumot berildi (FOTO)

Ijtimoiy tarmoq

Shuningdek, joriy yilning 18 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda "3 nafar GAI xodimlari fuqaroni kaltaklashmoqda. Holat Buxoro Jondorda" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Video lavha o‘rganilganda, joriy yilning 4 yanvar kuni Buxoro viloyati, Jondor tumanida IIB YHXB xodimlari A.Maqsudov, B.Rahmonqulov va A.Xasanovlar tomonidan soat 14:30larda, ushbu tuman Bo‘ribog‘i ko‘chasida "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchi I.M.ning og‘iz bo‘shlig‘idan spirtli ichimlik hidi kelganligi bois haydovchi tibbiy tekshiruvdan o‘tishga taklif etilgan. Haydovchi ushbu vaziyatda avtomobildan tushib piyoda qochishga uringan. Xodimlar tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida haydovchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Narkolog shifokor tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra, haydovchi I.M.ning mastlik holati tasdiqlangan va YPX xodimi tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

"Kaltaklangan" fuqaro, shapka kiygan GAI": ijtimoiy tarmoqlardagi video lavhalar yuzasidan ma’lumot berildi (FOTO)

Ijtimoiy tarmoq

Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB YHXB tomonidan qo‘shimcha xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Belgilangan qaror va buyruq talablaridan chetga chiqqan xodimlarga qat’iy intizomiy jazo choralarini ko‘rish ta’minlanadi.

Kiritildi: 13:34 18.01.2021. O'qildi: 4789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!