Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

K vitamini bilan koronavirus o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi

K vitamini bilan koronavirus o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi

Niderlandiyalik shifokorlar K vitamini past darajasi bilan koronavirusning jiddiy asoratlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi, deya xabar berdi «Dutch News» nashri.

«Virusdan vafot etgan yoki asoratlar tufayli intensiv terapiyaga tushib qolgan bemorlarda K vitamini darajasi sog‘lom odamlarga qaraganda ancha kam bo‘lganligini aniqladik. K vitamini bilan kasallik rivojlanishi o‘rtasida bog‘liqlik bor deb o‘ylaymiz», — dedi Neymegen shahar shifoxonasi o‘pka bo‘yicha mutaxassis Rob Yansen.

Neymegen shahar shifoxonasi koronavirus bilan K vitamini o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

«K vitamini kasallik alomatlarini yengillashtirishga yordam berganida juda soz bo‘lardi. Biroq bu xavfsiz bo‘lishi zarur. Masalan, trombozi bor yoki qonni suyultiruvchi preparatlarni ichuvchi kishilar uni qabul qilolmaydi», — deya qo‘shib qo‘ygan shifokor.

Masalan, tuxum yoki ismaloq tarkibidagi K vitamini qonning me’yorda ivishini ta’minlaydi, shuningdek, organizm to‘qimalarida oqsilning sintez yo‘li bilan hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.

Kiritildi: 07:07 05.06.2020. O'qildi: 3265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!