Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Jo‘rabek Mirzamahmudov: Gaz quvurga kirgandan keyin hamma iste’molchilarga — aholiga ham, barcha ishlab chiqaruvchi korxonalarga ham tarqatamiz

Jo‘rabek Mirzamahmudov: Gaz quvurga kirgandan keyin hamma iste’molchilarga — aholiga ham, barcha ishlab chiqaruvchi korxonalarga ham tarqatamiz

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Rossiya bilan gaz importi masalasida tuzilgan yo‘l xaritasi bo‘yicha izoh berdi.

«Bu Rossiyadan tabiiy gazni import qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi yo‘l xaritasi hisoblanadi. Ya’ni texnik shartlarni o‘rganamiz, keyin texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, tijoriy narxlar bo‘yicha kelishsak, Rossiyadan gaz import qilish ko‘zda tutiladi.

Gaz quvurga kirgandan keyin hamma iste’molchilarga — aholiga ham, barcha ishlab chiqaruvchi korxonalarga ham tarqatamiz. Kecha jurnalistlarga tushuntirish berdik, asosiy mazmunini ham ko‘rsatdik, u yerda umuman gaz transport tizimini xususiylashtirish yoki boshqaruvga berish degan gap yo‘q.

Avval ham, masalan, Turkmanistondan Xitoyga ketadigan gazni aytganman, O‘zbekiston, Turkmaniston, Xitoy, Qozog‘iston hududida koordinasion qo‘mita bor, texnik imkoniyatlarning hammasini birgalikda o‘rganib chiqadi».

Kiritildi: 16:39 26.01.2023. O'qildi: 3856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!