Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

JSST yana bir chaqiriq bilan chiqdi

JSST yana bir chaqiriq bilan chiqdi

JSST butun dunyodagi davlat muassasalari — maktab, bolalar bog‘chalari, kasalxona va qariyalar uylaridagi fuqarolarni sog‘lom ovqat bilan ta’minlashga chaqirdi deb xabar berdi BMT Yangiliklar markaziga tayangan holda "zamon.uz".

Tashkilot noto‘g‘ri ovqatlanish organizmga katta zarar yetkazishi, saraton, diabet va yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkinligini eslatdi.

«Hukumatlarga boshqalar uchun namuna bo‘lish va davlat idoralarida beriladigan yoki sotiladigan ovqat sog‘lom bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish payti keldi», — degan JSST rahbari Tedros Gebreyesus. «Davlat mablag‘lari nosog‘lom oziq-ovqatga sarflanmasligi kerak», — deya qo‘shimcha qilgan u.

JSST fikricha ushbu muassasalarda sog‘lom ovqatlanishni tashkil qilish bilan har yili 8 milliongacha kishilar hayotini saqlab qolishi mumkin.

Mutaxassislar jamoat oshxonalarida ovqatlanish menyusini yangilash bo‘yicha quyidagilarni taklif qilmoqda:

  • tuz iste’molini kamaytirish va oshpazlarning yodlangan tuzdan foydalanganiga ishonch hosil qilish;
  • shakar iste’molini kamaytirish;
  • to‘yingan yog‘larni o‘z ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishni to‘xtatish;
  • transyog‘larni rasiondan butunlay chiqarib tashlash;
  • meva, sabzavot, don va dukkakli ekinlar, shuningdek, yong‘oq iste’molini sezilarli darajada oshirish;
  • toza ichimlik suvi bilan bepul ta’minlash.

Ayrim mamlakatlar davlat muassasalarida ovqatlanishni yaxshilash dasturlarini amalga oshirmoqda.

Xususan, Braziliyada maktabda bolalar ovqatlanish uchun ajratiladigan mablag‘ning 30 foizi mahalliy fermer xo‘jaliklarining yangi va mavsumiy mahsulotlariga sarflanadi. Shuningdek, maktab menyusida yarimtayyor mahsulotlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Janubiy Koreyada maktabdan 200 metr uzoqlikda sog‘lom ovqatlanish zonalarini tashkil etilgan. Ushbu zonalardagi restoran va kafelarda shakar, to‘yingan yog‘ yoki kaloriyasi belgilangan me’yordan ortiq bo‘lgan mahsulotlarni sotish taqiqlangan.

Kiritildi: 05:00 15.01.2021. O'qildi: 3358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!