Bugun 27 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

JSST vaksinasiya pasportlari masalasini ko‘rib chiqmoqda

JSST vaksinasiya pasportlari masalasini ko‘rib chiqmoqda

JSSTnin Xalqaro sog‘liqni saqlash qoidalarining favqulodda qo‘mitasi emlanganlar uchun pasportlar joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda tashkilotning Yevropa bo‘yicha byurosi immunizasiya bo‘limining katta mutaxassisi Oleg Benesh ma’lum qildi.

"Koronavirus infeksiyasiga qarshi samarali va xavfsiz vaksinalar paydo bo‘lishi bilanoq JSST xalqaro sayohatchilarni emlash bilan bog‘liq muammolar va savollarni o‘rganishga kirishgan", dedi Benesh.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xalqaro sog‘liqni saqlash qoidalari qo‘mitasi emlash sertifikatidan foydalanishni tartibga soladi. Pasport masalasi ham qo‘mita kun tartibida turibdi.

Kiritildi: 03:00 15.01.2021. O'qildi: 1575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!